
Foto: FVV
FVV qutqaruvchilari tomonidan Shahrixonda kanalga tushib ketgan avtomobil chiqarib olindi.
Hodisa, bugun, 28 yanvar kuni tongi soat 04:07 da Andijon viloyati Shahrixon tumani «Yangi Vahim» mahallasida sodir bo‘lgan.
Nexia 3 rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida «Yangi Vahim» ko‘chasidan o‘tgan kanalga tushib ketgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus texnika hamda asbob-anjomlar yordamida avtomashina kanaldan olib chiqilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Shahrixon TumanAndijon ViloyatiNexia 3Avtomobil HodisasiYong'in QutqaruvYangi Vahim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar