Shavkat Mirziyoyev raisligida 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda davlat rahbari maktablardagi ta’lim sifati va mazmuniga keskin baho berdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, foydalanib kelinayotgan ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari faqatgina nazariy bilim berishga yo‘naltirilgan bo‘lib, o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bir so‘z bilan aytganda, ularni hayotga tayyorlashga o‘rgatmaydi.
Bugungi kunda 504 ming pedagogdan 12 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli, 38 foizida esa umuman malaka toifasi yo‘q hisoblanadi.
«Bu pedagoglarning dars o‘tish mahorati yetarli emas. Ular o‘quvchilarga faqatgina o‘zi chala bilgan narsalarni o‘rgata oladi, xolos. Sababi o‘qituvchilarning o‘zining ustida mustaqil ishlash va rag‘batlantirishning samarali tizimi yaratilmagan. O‘qituvchi sifatli dars o‘tishga emas, ko‘proq soat olishga intiladi», — degan prezident.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, maktablarda hanuzgacha 200 dan ortiq hisobot mavjud, o‘qitish, tadbirlar o‘tkazish kabi barcha jarayonlar haddan tashqari qolipga solingan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi