"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges Netflix tarmog‘iga joylangan serialida o‘zaro munosabatlarning boshlanishini yodga oldi.
O‘zaro munosabatlarning boshida Ronaldu Jorjinani ishxonasidan olib ketdi, u Gucci do‘konida sotuvchi bo‘lib ishlardi.
"Negadir u ishdan keyin meni olib ketish uchun keldi, tag‘in "Bugatti"da! Hamkasblarim hayratda qoldi: men avtobusda keldim va "Bugatti"da ketyapman", — deya xotirlaydi Jorjina.
"Bu men uchun odatiy hol edi. U mening do‘stim edi. Mening mashinalarim bor, shu bois uni taksida kuzatib qo‘ymaymanku! Bu kulgili bo‘lardi.
U do‘kondan chiqib kelardi. Men esa hashamatli mashinalarimdan birida tashqarida kutyapman. U o‘zini yosh bolalardek tutardi. U yugurib keldi, mashinaga o‘tirdi va biz uyga jo‘nadik. U kechgacha ishlardi.
Men boshida o‘rtamizda bunday kuchli his-tuyg‘ular paydo bo‘ladi, uni sevib qolaman deb o‘ylamagandim. Rostini aytsam, buni kutmagandim. Ammo bir qancha vaqt o‘tgach, u men orzu qilgan qiz ekanligini his qildim", — dedi Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi