Foto: SSV Matbuot xizmati
Prezident qaroriga ko‘ra, 2022 yil yakuniga qadar:
— tibbiyot brigadalarining 14 ming nafar oilaviy shifokorlari kasalliklar profilaktikasi, ularni barvaqt aniqlash, davolash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi.
— xorijda tajriba orttirgan xususiy sektor vakillari bilan hamkorlikda birlamchi bo‘g‘indagi 500 nafar mutaxassis kardiologiya va laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlanadi.
Barcha oilaviy shifokor punktlari va poliklinikalarda shifokor oldi ko‘rik xonalari tashkil qilinadi hamda 15 ming nafar hamshira maxsus kurslarda o‘qitiladi.
Birlamchi bo‘g‘indagi mutaxassislarni kardiologiya va laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha qayta tayyorlash xarajatlarining 50 foizi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasidan, qolgan 50 foizi mahalliy budjetdan qoplab beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi