Shavkat Mirziyoyev huzurida 31 yanvar kuni Toshkent shahrida amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, dastlab aholi hayot darajasini mahallalar kesimida o‘rganish natijalari haqida ma’lumot berilgan.
Toshkent shahrida aholining hayot sifati, savodxonlik darajasi va umri davomiyligini qiyosiy baholaydigan Inson qadri indeksini joriy etish bo‘yicha taklif tayyorlangan. Buning uchun Chilonzor, Uchtepa, Sergeli va Yunusobod tumanlaridan bittadan mahalla tanlab olinib, aholi o‘rtasida 56 xil masala bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilgan. Bu orqali mahallada qaysi soha oqsayotgani, odamlarda nimalarga talab borligi aniqlangan.
Taqdimotda shunday tahlilni sinov tariqasida poytaxt mahallalari kesimida yo‘lga qo‘yish, uning natijalariga qarab, muayyan hududga e’tiborni kuchaytirish taklifi bildirilgan.
«Buning mezonlari qanday bo‘ladi? Olti oy yoki yil yakunida nimaga erishiladi? Shuning uchun ilmiy asoslangan tizim kerak. Shahar hokimligida Situatsion markazga o‘xshash tahlil markazi tashkil qilish, dasturiy mahsulot yaratish zarur. Mahallabay ishlash oson emas, zimmamizga katta mas’uliyat olyapmiz. Bu tizim qaysi mahallaga, qaysi ko‘chaga birinchi bo‘lib kirishni ko‘rsatib berishi kerak. Hamma ishlarni jamoatchilik bilan maslahatlashib, mahalliy kengashlarda tasdiqlab, tartib bilan bajarish zarur», — degan Shavkat Mirziyoyev.
Indeks loyihasini mutaxassislar bilan muhokama qilib, har tomonlama takomillashtirish, sektor rahbarlariga bu tizimni o‘rgatish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Bu ularning o‘z ish uslubini o‘zgartirishga undashi ta’kidlangan.
Taqdimotda investitsiya va eksport masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Xususan, 2022 yil poytaxtda 738 ta loyiha bo‘yicha jami 3 milliard 800 million dollar investitsiya o‘zlashtirilishi qayd etilgan. Shundan 2 milliard dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi. 500 ta loyiha joriy yilning o‘zida ishga tushirilib, 27 mingta yangi ish o‘rni tashkil etiladi.
Investitsiya loyihalarini mahallalar kesimida shakllantirish choralari, bu sohada 2022—2026 yillarga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida ham axborot berilgan.
Davlat rahbari Toshkent shahrining moliyaviy, iqtisodiy imkoniyatlari kengligini, hududiy loyihalarni ko‘paytirib, har bir tumanga qo‘shimcha 100 million dollar jalb qilish mumkinligini ta’kidlagan.
Tashqi savdo borasida ham «o‘sish nuqtalari» belgilab olingan. Xususan, joriy yilda Toshkent shahri eksporti 1 milliard 400 million dollar bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, 2026 yilga borib bu ko‘rsatkichni 2 milliard 500 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan. Yirik xalqaro brendlarni jalb qilish orqali ham ichki bozor talabini qondirish, ham eksportni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Videoaloqa orqali tuman hokimlari va sektor rahbarlari bilan mahallabay ishlash masalalari yuzasidan muloqot bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi