Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 30 yanvar kuni Cobalt avtomobili yukxonasidan kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan go‘sht mahsuloti aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 01:40 atrofida karantin tadbirlarini ta’minlash guruhi xodimlari «Umakay» YPX maskanida Koson tumanida yashovchi fuqaro H.O‘. boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatgan. Natijada avtomobil yukxonasidan qoplarga joylashtirilgan, hech qanday veterinariya-sanitariya hujjatlarsiz, sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, taxminan, 230 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari borligi aniqlangan.
Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Mahsulot belgilangan tartibda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi mikrobiologiya va veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasiga topshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi