Videodan lavha
Ijtimoiy tarmoqlarda «IIB xodimlari mahallaning uyushgan jinoiy to‘daga aylangan fuqarolari tomonidan toshbo‘ron qilindi» sarlavhali videoxabar bo‘yicha Andijon viloyati IIB axborot xizmati tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
Ushbu videoxabarda Andijon viloyati, Baliqchi tumani, Alam mahallasida sodir bo‘lgan holat bayon etilgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlar olib borilgan.
Aniqlanishicha, Baliqchi tumani, A’lam MFYda yashovchi A.B tuman Suvoqava tashkilotiga tegishli bo‘lgan suv qazib chiqarish inshooti va hududini o‘zining tomorqasiga noqonuniy qo‘shib olganligi va devor bilan o‘rab olganligi, agar suv inshooti nosoz holga kelsa, ta’mirlash uchun kelgan fuqarolarni bu hududga o‘tishga to‘sqinlik qilayotganligi uchun mahalla aholisi bilan ushbu oila o‘rtasida nizo yuzaga kelganligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur masala, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumani sudida o‘tgan 2021 yilning 28 may kuni ko‘rib chiqilib, mahalla aholisi foydasiga hal etilgan. Ushbu noqonuniy qurilgan binoni buzish uchun sud tomonidan muddat belgilangan.
MIB hamda tuman mutasaddi rahbarlari tomonidan ushbu qarorga asosan A.B.ga noqonuniy qurilishni buzish kerakligi tushuntirilgan bo‘lsada, u tomonidan bunga qarshilik qilinib, devor buzilmagan.
2022 yilning 28 yanvar kuni majburiy ijro byurosi xodimlari sud qaroriga asosan A.B.ning xonadoniga suv qudug‘i hududidagi noqonuniy qurilgan devorni buzish uchun ijroga borgan vaqtlarida, A.B va uning birga yashovchi o‘g‘li R.Sh, kelini Y.G.lar bilan mahalla aholisi o‘rtasida nizo kelib chiqib, oqibatda mahallada yashovchi bir necha fuqarolar tomonidan A.B.ning devoriga tosh otilgan va bu holat darhol IIB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan.
Otilgan toshlar u yerda bo‘lgan IIB yoki boshqa mutasaddi tashkilot xodimlarga yoxud fuqarolarga qaratilmagan va ularga tegmagan.
Mazkur holat yuzasidan Baliqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuniga ko‘ra, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar aniqlangan taqdirda, ularning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi