Joriy yildan boshlab Toshkent shahar ichki ishlar organlari xodimlari zarurat tug‘ilganda o‘qotar tabel quroliga muqobil tarzda elektroshok qurilmalaridan foydalanishlari mumkin. Me’yoriy hujjatlarga muvofiq Toshkent shahar IIBB xodimlari jamoat tartibini saqlash, jinoyatlarning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi maqsadida ushbu uskunalar bilan ta’minlandilar, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Elektroshok qurilmalar huquq-tartibot himoyachilarining faol himoya vositasi bo‘lib, turli huquqbuzarliklar sodir etgan, huquqni muhofaza qilish organlari xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmagan yoki unga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari «Qurol to‘g‘risida»gi va «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonunlariga muvofiq maxsus vositalar, shu jumladan elektroshok qurilmalaridan foydalanish huquqiga egadirlar.
Vazirlar Mahkamasining «Elektroshok qurilmalar, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalarning chiqish parametrlari muvofiqligi lozim bo‘lgan normalarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori va ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i asosida aksariyat xodimlar bilan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi va sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi