16:46 / 02.02.2022
1 270

DXX 1,6 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi

DXX 1,6 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi
Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan va Andijon viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi chet el valyutasini noqonuniy ravishda xorijga chiqarish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

DXX xabariga ko‘ra, tadbir davomida Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanining chegaraoldi hududida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismida 968 ming 900 AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi va protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, ushbu tumandagi yog‘och bozori hududida uni kutib turgan, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan jinoiy sherigi ham ushlanib, uning «Damas» avtomashinasi salonida bo‘lgan 672 ming 206 AQSH dollari ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tib, yashayotgan ushbu jinoiy guruh yetakchisi, 1974 yilda tug‘ilgan qirg‘izistonlik shaxs Toshkent shahrida hamda guruh a’zolari bo‘lmish 5 nafar Qirg‘iziston fuqarolari Andijon shahrida qo‘lga olindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 1 mln 641 ming 106 AQSH dollarining mamlakatdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 182-moddasining 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX 1,6 mln dollarning noqonuniy olib chiqilishiga chek qo‘ydi