906
Finlyandiya «O‘zgidromet» faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun 2 mln yevro grant ajratdi
Finlyandiya «O‘zbekistonning meteorologiya sohasidagi salohiyatini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirish uchun mamlakatga grant ajratilishini ma’qulladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
O‘zbekistonning Rigadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, grantning umumiy miqdori 2 million yevroni tashkil etadi. Grant loyihasini 2022—2025 yillarda amalga oshirish belgilangan.
Loyiha O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi («O‘zgidromet»)ning salohiyatini modernizatsiya qilish, xodimlarni ilg‘or ko‘nikmalarga o‘rgatish, shu jumladan, tabiiy ofatlarni prognoz qilish, sohada axborot xizmatlari salmog‘ini oshirish, iqlim o‘zgarishiga moslashishni rag‘batlantirishni nazarda tutadi.
Finlyandiya tomonidan ushbu mamlakat meteorologiya instituti, O‘zbekiston tomonidan esa «O‘zgidromet» loyiha ijrochilari etib belgilangan.
Grant Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Finlyandiya O‘zbekistonni 2024 yilgacha mo‘ljallangan Markaziy Osiyo uchun yangi strategiyasi doirasidagi mintaqa mamlakatlari taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash siyosati sohasidagi ustuvor sheriklar ro‘yxatiga kiritgan. Finlyandiya uchta asosiy yo‘nalish — qonun ustuvorligi, barqaror iqtisodiy rivojlanish va tabiiy resurslarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha loyihalarni qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani ta’kidlangan.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga rejalashtirilgan umumiy ko‘mak miqdori qariyb 28 million dollarga teng. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar