1 189
Aliment undiruvchi fuqarolarimiz uchun plastik kartalarni tarqatish ishlari davom etmoqda
Aliment to‘lovlari farzandlarning moddiy ta’minoti uchun muhim vosita hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida hamisha dolzarb bo‘lib kelayotgan aliment undiruvlari yuzasidan, 2021 yil 1 martdan boshlab qat’iy tartib o‘rnatilgan edi.
Unga ko‘ra, ijro hujjatlari bo‘yicha aliment majburiyatlarini bajarish qarzdorlar tomonidan aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi orqali amalga oshirilishi, bunda Byuro tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvchi (aliment oluvchi) nomiga tegishli bank kartasi rasmiylashtirilishi hamda aliment pullari, shu jumladan qarzdorning ish haqidan ushlab qolingan aliment pullari ushbu aliment majburiyatlari bo‘yicha alohida bank hisobvarag‘i orqali mazkur bank kartasiga o‘tkazilishi belgilangan edi.
Majburiy ijro byurosining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi organlari tomonidan ham Farmon ijrosi yuzasidan tegishli sa’y-harakatlar amalga oshirilib kelinmoqda. Davlat ijrochilari hamda ATB “Aloqabank” xodimlari bilan birgalikda aliment oluvchilarga yana bir bor Farmon mohiyati tushuntirilib, bank plastik kartalari tarqatilmoqda.
Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu kunga qadar viloyat miqyosida 13 139 nafar aliment oluvchilarga plastik kartalari ochilgan bo‘lib, ularning 10 047 tasi o‘z egalariga topshirildi. Shu jumladan, yanvar oyida 2 039 nafar aliment oluvchi fuqarolar Byuroning tuman (shahar) bo‘limlarida yoki o‘z yashash joylarida maxsus plastik kartalarini qabul qilib olishdi.
Shunga qaramasdan, o‘z manzilini o‘zgartirgan yoki ma’lum muddat xorijda bo‘lgan fuqarolarimizning murojaatlari asosida plastik kartochkalarni tarqatilmoqda.
O‘z navbatilda, ushbu fuqarolarimiz farzandlar moddiy ta’minoti va kamoli qolaversa fuqarolar manfaatiga ko‘rsatilayotgan yordam va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorchilik bildirdilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar