Shavkat Mirziyoyev «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. «O‘zbekiston 24» telekanali efirida qayd etilishicha, qarorda milliy madaniyat va san’atni keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Qarorga asosan, Madaniyat vazirligi tomonidan «Inson qadri uchun» ezgu g‘oyasi asosida har yili teatrlarda sahnalashtiriladigan kamida 40 ta yangi spektaklga, kompozitorlar va bastakorlarga 40 ta yangi musiqa asar yaratishga, kamida 100 ta yuksak badiiy saviyadagi audiovizual asarga, kamida 150 ta eng yaxshi milliy qo‘shiqni karaoke yordamida ijro qilish uchun qayta ishlashga davlat buyurtmalari beriladi.
Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda Madaniyat vazirligi sahifasi orqali milliy madaniyatni targ‘ib etuvchi quyidagi tanlovlar joriy etiladi:
- musiqa cholg‘ularida bajarilgan eng yaxshi 100 ta ijro,
- eng yaxshi 100 ta milliy qo‘shiq,
- eng yaxshi 100 ta milliy musiqiy klip,
- karaoke yordamida ijro qilishga mo‘ljallangan eng yaxshi 100 ta musiqiy kompozitsiya,
- davlat va xususiy teatrlarda sahnalashtirilgan eng yaxshi 50 ta spektakl.
Bunda eng ko‘p ko‘rilgan ijrolar aniqlanib, g‘oliblar BHMning 50 baravarigacha (13,5 million so‘mgacha) bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hujjatga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasidagi ijodkorlarni har yili bir marotaba taqdirlash maqsadida madaniyat va san’at milliy mukofoti ta’sis etilmoqda.
Shuningdek, uzoq yillar madaniyat va san’at sohasida samarali faoliyat olib borganlarga hamda iste’dodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot