09:52 / 05.02.2022
1 063

Afg‘onistondagi zilzila kuchi butun O‘zbekistonda sezildi

Afg‘onistondagi zilzila kuchi butun O‘zbekistonda sezildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan 09:16 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 71,09 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,8. Chuqurlik 225 km. Zilzila episentri Toshkentdan 573 km janubiy-sharqda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 4 ball, 355 km.
Farg‘ona viloyatida 3-4 ball, 455 km.
Sirdaryo viloyatida 3-4 ball, 506 km.
Andijon viloyatida 3-4 ball, 508 km.
Jizzax viloyatida 3-4 ball, 510 km.
Samarqand viloyatida 3-4 ball, 518 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 523 km.
Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 545 km.
Toshkent shahrida 3 ball, 573 km.
Navoiy viloyatida 3 ball, 653 km.
Buxoro viloyatida 3 ball, 698 km.
Xorazm viloyatida 2-3 ball, 1074 km.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 ball, 1198 km.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Afg‘onistondagi zilzila kuchi butun O‘zbekistonda sezildi