Foto: Men’s Life
O‘zbekistonda hozirgi kunda 2000—2005 yillar Qozog‘istondagi kabi reklama bozorining jadal rivoji yuz bermoqda. Bu haqda «Forbes.kz» nashriga Publicis Groupe CCAR kompaniyasining rahbari Viktoriya Polyakova xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pandemiya bo‘lishiga qaramay, 2021 yili o‘zbek televideniyesidagi reklama investitsiyalari 50 foizga oshgan.
- Bu mamlakatga xalqaro mijozlarning kirib kelishi bilan bog‘liq. Televideniyega kiritilgan sarmoyalar asosiy o‘rindadir, ular butun reklama budjetining 60 foizini tashkil qilib, keng qamrov va yuqori sodiqlik darajasini olib keladi, shu tufayli televideniye namunali ROI’ga ega, – deydi Polyakova.
2021 yilda O‘zbekiston bozori reklama beruvchilarni hayratlantirdi. Agentlikning fevral oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, investitsiyalarning o‘sish ko‘rsatkichi 35 foizni tashkil qilgan.
Bu, asosan, televideniye uchun sarmoyalarning 45 foizlik, internetning 20 foizlik va tashqi reklamaning 10 foizlik o‘sishi bilan bog‘liq. 2022 yil uchun taxmin qilinayotgan mediabozor o‘sishi kamida 15-25 foizga baholanmoqda.
Bundan tashqari, digital’ga kiritilgan sarmoyalarning foiz nisbatidagi o‘sishi TVga qaraganda ko‘proq kuzatiladi. Agarda TVning o‘rtacha o‘sishi 15-20 foizni tashkil qilsa, digital uchun sarmoyalar 25-30 foizga o‘sadi.
O‘zbekistonda FMSG sektori va farmatsevtika sohasi boshqalarga qaraganda faolroq – yiliga 30-40 foizga o‘smoqda.
Biz 2021 yilning yanvar oyida O‘zbekistonda, ko‘p yillar muqaddam mamlakatdan chiqib ketgan Procter & Gamble brendi kampaniyasini ishga tushirdik. Qayta ishga tushirish jarayoni ikki yildan ortiq davom etdi. Faoliyat boshlangandan keyin kompaniya bizning asosiy mijozimizga aylandi va investitsiyalar hajmi bo‘yicha mamlakatda uchinchi o‘rinni egalladi.
- O‘zbekiston bozori, undagi reklama sotuvchisi va TV o‘rtasidagi o‘zaro aloqa o‘ta aniq tuzib olinganligi bilan ajralib turadi. Bozor P&G’ning ishga tushirilishiga tagliklar, soch yuvish vositalari, kir yuvish vositalari va tozalash vositalari ishlab chiqaruvchilari bozorining rivojlanishiga turki bergan holda, raqobatdoshlar faolligi va investitsiyalarining sezilarli o‘sishi orqali munosabat bildirdi, – deb ta’kidlaydi Polyakova.
Polyakovaning so‘zlariga ko‘ra, TVda reklama joylashtirishni yanada samarali rejalashtirish va bu ishni qo‘lda bajaruvchi odamlar sonini qisqartirish uchun 2022 yilda O‘zbekistonda MAKSAT dasturini ishga tushirish rejalashtirilgan (aniq bir brend reklamasi uchun kerak bo‘ladigan parametrlarni xatosiz hisoblash va belgilash uchun). Ushbu mahsulotga mahalliy sales house’lar ham qiziqish bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi