
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekistonga qurol-yarog‘ va o‘q dorilarni yashirin ravishda olib kirishga bo‘lgan harakatlar fosh etildi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro Ye.A. boshqaruvidagi Toyota Land Cruiser avtomashinasi xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Tekshiruv natijasida avtomashinada tegishli hujjatlari va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha, 2 dona pnevmatik to‘pponcha uchun gaz balon hamda 310 dona pnevmatik o‘qlar borligi aniqlangan.
Shuningdek, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro A.I. boshqaruvidagi avtomashina tekshirilganda avtomobil yukxonasidagi changyutgich ichida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda aytilmagan 1 dona pnevmatik to‘pponcha hamda 243 dona pnevmatik to‘pponcha uchun mo‘ljallangan o‘qlar borligi ma’lum bo‘lgan.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Farg‘ona aeroporti chegara bojxona postida «yashil yo‘lak» orqali harakatlanayotgan fuqaro D.J.ning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshirish natijasida yuklar orasida 2 dona 12 kalibrli ov qurollari borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Qurol YaroqlariToshkent ViloyatiFarg‘ona ViloyatiDavlat BojxonaAvtomashina TekshiruviYashirin Kirish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar