Prezident Shavkat Mirziyoyev «yashil makon» umummilliy ekoloyihasi doirasida ko‘zbo‘yamachilik va qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilayotgani haqida gapirdi.
«Shu loyiha davomida «pripiska»ga yo‘l qo‘ymaylik degandim, lekin baribir bo‘lyapti. Bizda qo‘shib yozish kasallikka aylangan, SSSRdan qolgan, paxtani «pripiska» qilishdan. Menga bunaqa ko‘z-ko‘z qilish kerak emas, asl holatni yaxshi bilaman.
O‘z qo‘lim bilan tizim qilib berdim, xodim berdim, pul berdim. Yana nima kerak? Faqat galstuk taqib yurasizlarmi?», dedi prezident mas’ullarni tanqid qilar ekan.
Prezident bosh vazir o‘rinbosarlari Ochilboy Ramatov va Shuhrat G‘aniyevlarni ham tanqid qildi: «O‘zbekistonda hamma rahbarlar «pripiska»ga o‘rgangan, in’eksiya bo‘lib kirgan bu. Mayli, 75 million emas, 50 million ekaylik, lekin toza ishlaylik. Yo‘q, prezidentga «bajardik, yest qilamiz», deb o‘rgangan Ramatov ham, G‘aniyev ham», dedi prezident.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi kuzgi daraxt ekish rejasini bajarmagani uchun ishdan ketganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi