Internet tarmog‘ida «Qo‘yliqda maski-shou?» sarlavhali video tarqalib, unda muallif ichki ishlar organlari xodimlari xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilib fuqarolarga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotganlari haqida xabar bergan. Shahar IIBB holatga munosabat bildirdi.
«Ushbu xabar haqiqatdan yiroqdir» – deyiladi munosabatda.
Qayd etilishicha, 2021 yil 31 dekabr kuni huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, poytaxt aholisi va mehmonlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari Toshkentda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazgan. Xodimlar aholiga nisbatan kuch ishlatmagan, hech kimga badan shikastlari yetmagan.
«Fuqarolardan ma’lumotlarni rasmiy manbalardan olishlarini iltimos qilamiz. Noto‘g‘ri xabarlarni tarqatish javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin», — deyiladi xabarda.
Mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi