Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida xitoylik ishchilar iste’mol qilish uchun eshak so‘yayotgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videoni tasvirga olgan shaxsning aytishicha, eshak so‘yayotganlar Kitob tumanidagi sement zavodda ishlayotgan xitoylik ishchilar. Ular muntazam eshak so‘yib uning go‘shtini iste’mol qilib kelishmoqda.
Videoda bir guruh shaxslar so‘yilgan eshakni terisidan tozalab turgan xitoylikning oldiga borib uning qo‘lidan pichoqni tortib olishadi. So‘ng eshak go‘shti ustiga oyoqlari bilan tuproq sochishadi.
Holat yuzasidan Kitob tumani hokimligi axborot xizmati munosabat bildirib, hodisa bu tumanda sodir bo‘lmaganini ma’lum qildi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanida joylashgan "Qarshi Conch sement" xorijiy korxonasining qurilish hududida eshak so‘yilganligi va bundan mahalliy ishchilar norozilik bildirgani aytilgan videolavha yuzasidan tegishli soha xodimlari tezkor surishtiruv ishlarini olib borishdi. O‘rganishlar davomida mazkur holat Kitob tumanidagi xorijiy korxona bilan bog‘liq emasligi ma’lum bo‘ldi», deyiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi