08:58 / 09.02.2022
1 242

Rasmiy munosabat: Shuhrat Abdurahmonov ustozlarning ota-onalardan uzr so‘ragani haqida

Rasmiy munosabat: Shuhrat Abdurahmonov ustozlarning ota-onalardan uzr so‘ragani haqida
Andijon viloyati Marhamat tumanidagi maktablardan birida o‘qituvchilar o‘quv muassasasida ta’lim sifati, o‘quvchilarning oliygohlarga kirish ko‘rsatkichi pastligi, o‘quvchilarning o‘zlashtirishi qoniqarsiz ekani tufayli ota-onalar oldida tik turib, uzr so‘ragani xabar qilingandi. Holatga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ustozlarga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan davrda ayrim rahbarlarning ma’naviyatsiz va saviyasizligi kechirib bo‘lmas xatoni yuzaga keltirgan.

«Men Andijon viloyati hokimi sifatida mazkur holatni o‘z nazoratimga olib, mening boshchiligimda alohida ishchi guruh tuzildi.
Aytib o‘tish joizki, ushbu xatoga yo‘l qo‘ygan har qanday rahbarga qonunda belgilangan jazo choralarini ko‘rilishini ta’minlayman.

Andijonda hech bir ustoz va murabbiylarimiz bunday holatga tushishlariga yo‘l qo‘ymayman, zero doimo ustoz va murabbiylarimiz oldida ta’zimdamiz
», — deydi Shuhrat Abdurahmonov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy munosabat: Shuhrat Abdurahmonov ustozlarning ota-onalardan uzr so‘ragani haqida