10:26 / 09.02.2022
1 053

Vaksina olgan va olmaganlar o‘rtasidagi katta farq ma’lum qilindi

Vaksina olgan va olmaganlar o‘rtasidagi katta farq ma’lum qilindi
Sog‘liqni saqlash vazirligi yurtdoshlarimizni koronavirusga qarshi o‘z vaqtida emlanishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, shu yilning yanvar oyida Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalariga jami 8601 nafar bemor murojaat qilgan bo‘lib, ulardan 6856 nafarini kattalar, 811 nafarini homilador ayollar, 934 nafarini esa bolalar tashkil etdi.

Ushbu bemorlarning 8243 nafari koronavirusga qarshi vaksina olmagan. Kasallanganlarning bor-yo‘g‘i 358 nafari, ya’ni 4,1 foizi COVID-19 ga qarshi emlangan, xolos. Ularning orasida o‘lim holati qayd etilmagan.

Aksincha, vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, hatto, o‘lim holatlari ham kuzatilgan.

«Shundan kelib chiqqan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor yurtdoshlarimizni o‘z salomatligiga e’tiborli bo‘lib, koronavirusga qarshi vaksina olishga hamda buster doza bilan emlanishga chaqiradi», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vaksina olgan va olmaganlar o‘rtasidagi katta farq ma’lum qilindi