
O‘zbekistonda 2021 yilda ajratilgan ipoteka kreditlari asosida uylarning hududlar bo‘yicha o‘rtacha narxlari tahlil qilindi.
Unga ko‘ra xonadonlarning o‘rtacha eng baland narxi Toshkent shahrida — 381,9 mln so‘m. Andijon (280,1 mln so‘m), Samarqand (275,3 mln so‘m) va Surxondaryo (274,3 mln so‘m) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi biroz balandroq.
O‘rtacha eng past narxga ega xonadonlar Xorazmga tegishli bo‘lib qolmoqda — 218,6 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi (226,4 mln so‘m), Qashqadaryo (227,3 mln so‘m) va Buxoro (229,1 mln so‘m) viloyatlarida ham ipoteka uylarining narxi nisbatan pastroq.

Foto: Markaziy bank
Qayerda ipoteka kreditlari ko‘proq olingan?
2021 yilda ipoteka kreditlarining (60,2%) yarmidan ko‘pi beshta mintaqaga to‘g‘ri keldi:
Toshkent — 27,2 foiz;
Farg‘ona viloyati — 9,4 foiz;
Samarqand viloyati — 9 foiz;
Surxondaryo viloyati — 7,5 foiz;
Andijon viloyati — 7,2 foiz.
Aholining qaysi qismi tomonidan ko‘proq ipoteka kreditlari olingan?
2021 yilda mijozlarning yarimidan ko‘pi — 31 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (69 foiz) tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar (24 foiz) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni esa 50 yoshdan oshgan o‘zbekistonliklar tashkil qilmoqda.
Ipoteka KreditlariToshkent ShahriO‘zbekiston UylarNarxlar TahliliMintaqalar Bo‘yichaAholining Qismi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar