
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (Ombudsmanga) Samarqand viloyatidagi 7-son Tergov hibsxonasida saqlanayotgan 3 nafar fuqarodan murojaat yuborilgan edi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur murojaat yuzasidan to‘liq axborot olish maqsadida Ombudsmanning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakili Ilhomjon To‘xtasinov ushbu muassasaga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida maxbuslar 7-son Tergov hibsxonasidagi shart-sharoitlaridan shikoyatlari yo‘qligi, advokatlari bilan uchrashuvlar mone’liksiz tashkil etilayotganligini ta’kidlashdi.
Hibsda saqlanayotgan bir nafar fuqaro bo‘lib o‘tadigan sud jarayonida Ombudsman xodimlarining ishtirok etishini so‘radi. Fuqaroning murojaati qanoatlantirilib, sud majlisida ishtirok etish bo‘yicha mas’ul belgilandi.
Shuningdek, ayrim mahbuslar sud-tergov jarayonlarining borishi bo‘yicha murojaat qoldirdilar.
O‘tkazilgan monitoring tashrifi davomida mahkum va mahbuslarni yashash va ovqatlanish, mehnat qilish sharoitlari va ularga tibbiy yordam ko‘rsatish kabi holatlar ham o‘rganildi.
O‘zbekiston RespublikasiSamarqand viloyatiInson huquqlariTergov hibsxonasiOmbudsmanMahbuslar shikoyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar