1 353
Allamjonov: “O‘qimas ekansiz, ming vallomati bo‘lsangiz ham, endi haydovchilik guvohnomasini ololmaysiz!”
O‘zbekistondagi birinchi to‘liq avtomatlashtirilgan imtihon markazi asoschisi Komil Allamjonov haydovchilik guvohnomasini olishning yangi tartibi yuzasidan murojaat bilan chiqdi. Allamjonov yo‘l transport hodisalari sabab birgina 2021 yilning o‘zida 2,4 mingdan ortiq odam, xususan 263 nafar bola halok bo‘lganini ta’kidlaydi.
“Bu – avtohalokat sodir bo‘lgan joyda, o‘sha paytning o‘zida o‘lganlar soni. Yana minglab odamlar og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga keltirilib, oradan vaqt o‘tib, vafot etadi. Qanchadan qancha odam bir umrga nogiron bo‘lib qoladi.
2 mingdan ortiq odam bu taxminan 10ta samolyot to‘la yo‘lovchi degani. Agar qaysidir davlatda bitta samolyot halokatga uchrab, 200 nafar odam o‘lsa, butun dunyo matbuoti bong uradi, dillar xira bo‘lib, hammani xavotir bosadi. Bizning yo‘llarimizda esa yiliga o‘ntalab samolyot odam halok bo‘lyapti”, – deydi u.
Komil Allamjonov farzandlarining maktabga qatnashidan xavotirlanishi, chunki ko‘chadagi haydovchilarning 80 foizdan ko‘prog‘i haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olganini aytadi.
U, shuningdek, avtohalokatlar haydovchilarning bilim darajasidan tashqari, yo‘llarning sifatiga ham bog‘liqligini qayd etib, xavfsizlik ta’minlanishi uchun infratuzilmani ham tartibga solish zarurligini ta’kidlaydi.
“Men bugundan boshlab avtohalokatlar sonini pasaytirish, unda odamlarning o‘limi bilan bog‘liq holatlarni kamaytirish uchun kurashga bel bog‘ladim. Men inson omili aralashmagan, tanish-bilishchilik aralashmagan, korrupsiya aralashmagan sifatli va samarali imtihon markazi barpo eta olganim bilan faxrlanaman.
Bu – monopoliya emas. Menga bu yorliqni yopishtirishga urinmang. Hukumat shunday qaror qabul qildi va men fuqaro sifatida shu imkoniyat asosida tizim joriy qilib, litsenziya oldim. Bu manfaatlar to‘qnashuvi ham emas. Qarorning qabul qilinishida men tomonimdan lobbi ham bo‘lmagan”, – deydi Komil Allamjonov.
“Toshkent imtihon markazi” asoschisi o‘z murojaatida bu bozorga kirish cheklanmagani, biroq g‘irromlikka yo‘l qo‘yilmasligini bildirgan.
“Bu bozor rostdan ham ochiq. Lekin unda g‘irromlikka yo‘l qo‘yilmaydi. Imkoniyat bor. Yangi muassasalar ochilsin, sifatli ishlasin, pulini halollab olsin. Faqat guvohnoma sotadigan do‘konga aylanmasin.
Men jamoatchilik e’tiborini shu tarafga qaratishga, sifatli va korrupsiyadan xoli tizim shakllanishini nazoratga olishga chaqiraman.
Guvohnomani osongina olmoqchi bo‘lganlarga maslahatim – o‘qib, bilim oling, mashina haydashni ko‘chada emas, avtomaktabda o‘rganing va sizga sifatli ta’lim berilishini talab qiling. Chunki o‘qimas ekansiz, ming vallomati bo‘lsangiz ham, endi haydovchilik guvohnomasini ololmaysiz.
Avtomaktablar, siz esa bunday loyihalarni sabotaj qilishni to‘xtating. Har xil “fortochkalar” qidirmang, undan ko‘ra har bir o‘quvchini yaxshilab imtihonga tayyorlang, shundagina yutasiz. O‘tdi u davrlar. Endi bu masalaga shaxsan davlat rahbarining o‘zi e’tibor qaratdi.
Hammamiz yo‘qolsin korrupsiya, korrupsiyaga chek qo‘yish kerak deymiz. Mana o‘sha korrupsiyani yo‘qotish mexanizmlaridan biri.
Men, Komil Allamjonov shu kurashda faol bo‘lishni o‘zimning fuqarolik burchim deb bildim. Siz ham meni qo‘llaysiz deb o‘ylayman”, deydi Allamjonov o‘z murojaatida.
“Haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi” — Prezident avtomaktablar bo‘yicha topshiriqlar berdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon o‘tkazish huquqini xususiy markazlarga o‘tkazish 2020 yil dekabrdagi prezident qarorida belgilangan.
Shu asosda, 2021 yil may oyida hukumat qarori qabul qilinib, haydovchilik guvohnomasi imtihonini o‘tkazish ob’ektlariga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi. Eng asosiy talab – ham nazariy, ham amaliy imtihonlarda inson omili cheklangan, jarayonlar to‘la avtomatlashtirilgan bo‘lishi zarur.
Belgilangan talablarga javob beradigan, Komil Allamjonov tomonidan asos solingan birinchi markaz 2022 yil 3 fevral kuni Toshkentda ochildi.
Hukumat qaroriga asosan, haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon o‘tkazish huquqiga ega tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat boshlagan hududlarda DYHXXning bu yo‘nalishdagi faoliyati tugatiladi. Shu asosda 4 fevraldan boshlab poytaxt IIBB YHXBning imtihon olish bo‘limlari haydovchilik guvohnomasi uchun imtihonlar qabul qilishni to‘xtatdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"