«Xalq banki»ining 4,6 milliard puli o‘zlashtirilgani haqidagi ma’lumot «Muxbir Daliyev» Telegram-kanalida e’lon qilindi. Xabarda 10 fevral kuni Xalq bankining 10 dan ortiq mansabdorlari qamoqqa olingani aytilgan.
Mazkur holatni aniqlashtirish maqsadida «Daryo» «Xalq banki» axborot xizmati rahbari Gulnoza Alimova bilan bog‘landi. Bank vakilining ma’lum qilishicha, bu haqda Bosh prokuratura o‘z sahifalarida rasmiy axborot bermagan.
«Shu sabab hozirda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabar mish-mish hisoblanadi. Qachonki axborot Bosh prokuratura rasmiy sahifalarida berilganidan so‘nggina biz ham xabar beramiz», – dedi Gulnoza Alimova.
Shundan so‘ng xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Ta’kidlanishicha, Bosh prokuratura tomonidan AT «Xalq banki» Andijon viloyati Amaliyot bo‘limi xodimlari va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov davomida bank xodimlari 4,6 milliard so‘mni o‘zlashtirganliklari aniqlangan.
Ushbu kamomadga yo‘l qo‘ygan 13 nafar bank xodimlariga Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayb e’lon qilingan. 11 nafariga qamoq, 2 nafariga garov ehtiyot choralari qo‘llanilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"