07:34 / 12.02.2022
1 212

Mudofaa vazirligi: O‘zbekiston AQSHdan uchuvchisiz uchish qurilmasini sotib olmaydi

Mudofaa vazirligi: O‘zbekiston AQSHdan uchuvchisiz uchish qurilmasini sotib olmaydi
Foto: Shutter Graphy
O‘zbekiston AQSHdan 8,5 million dollarga uchuvchisiz uchish qurilmalari sotib olishi haqida xabar berilgandi. Mudofaa vazirligi axborot xizmati xabarni rad etib, uchuvchisiz uchish apparatini sotib olish rejalashtirilmaganini ma’lum qildi.

"Hech kimga sir emaski, amerikalik uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqaruvchilari bu borada yetakchilardan biri hisoblanadi, shuning uchun ham O‘zbekistonlik mutaxassislar tomonidan ularga ma’lum qiziqish bildirilmoqda, biroq bugungi kunga qadar PUMA – RQ 20 uchuvchisiz uchish qurilmasi sotib olish masalasi ko‘tarilmagan", – deyiladi vazirlik xabarida.

Shephard Defence Insight ma’lum qilishicha, samolyotlarning bir donasi 225 000 dollarga baholangan.

Uchuvchisiz uchish qurilmasi real vaqtda tasvirlar orqali quruqlik yoki dengizdan razvedka hamda maqsadli ma’lumotlarni taqdim etadi. Samolyot AeroVironment tomonidan Mantis i45 AE Gimbal tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, u 50x zoom (tasvirni yaqinlashtirish), IR imkoniyatlari va yuqori quvvatli yoritgichga ega ikkita 15 megapikselli kamerani o‘z ichiga oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mudofaa vazirligi: O‘zbekiston AQSHdan uchuvchisiz uchish qurilmasini sotib olmaydi