09:01 / 12.02.2022
821

Jizzaxda yerto‘ladagi pivo apparatlari va konditsionerni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi

Jizzaxda yerto‘ladagi pivo apparatlari va konditsionerni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi
Jizzax viloyatida ko‘p qavatli bino yerto‘lasidagi buyumlarni o‘g‘irlab ketgan yigit ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, 29 yanvar kuni tumanning «Yoshlik» mahallasida yashovchi M.S. (42 yoshli) Jizzax shahar IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda yanvar oyida o‘zi ish boshqaruvchi bo‘lib ishlovchi «Drenaj Melioratsiya» MCHJga tegishli Jizzax shahar «Alisher Navoiy» mahallasi hududida joylashgan qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli bino yerto‘la qismida saqlanayotgan umumiy narxi 37 million 200 ming so‘mlik ikki dona pivo apparati, bir dona konditsioner va boshqa turdagi temir mahsulotlar noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan. Fuqaro qoidabuzar shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida jinoyatni Jizzax shahar «Bobur» mahallasida yashovchi muqaddam o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan A.A. (18 yoshli) sodir etgani aniqlangan. Undan bir dona gaz ballon va boshqa turdagi temir mahsulotlari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzdagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda yerto‘ladagi pivo apparatlari va konditsionerni o‘g‘irlab ketgan shaxs ushlandi