«Milliy tiklanish» partiyasi raisi Alisher Qodirov Toshkentdagi tirbandlikning oldini olish maqsadida ish va o‘qish boshlanish vaqtlarini o‘zgartirishni taklif qildi.
Uning aytishicha, davlat xizmatchilari uchun ish vaqti 8:30 dan, talabalar uchun o‘qish vaqti soat 10:00 dan boshlanishi kerak.
«Jamoat transporti tizimli va sifatli bo‘lsa, aholi xususiy avtodan kam foydalanadi. Jamoat transporti tizimsiz va sifatsizligida tirbandlikning o‘rni katta. Tirbandlikni keltirib chiqarayotgan oqimning katta qismi talabalar. Tirbandlik ertalab o‘qishga kelish va qaytish vaqtiga to‘g‘ri kelyapti.
Nima uchun davlat xizmatida ish boshlash vaqtini 8:30, oliygohlarda o‘qish boshlash vaqtini 10:00 ga belgilash mumkin emas? Osmon uzilib yerga tushmaydi, lekin jamoat transportiga ham, avtoyo‘llarga ham bosim jiddiy kamayadi.
Jazoni kuchaytirish, tartibbuzarlarga betoqat munosabatni shakllantirish bilan bir qatorda, jamoat transportini jozibali va qulay qilish ham avtomashina oqimini kamaytirish, yo‘llardagi fojealar oldini olishga xizmat qiladi», deb yozadi u o‘z kanalida. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"