«O'zbekiston 24» telekanalida prezident Shavkat Mirziyoyevning haftalik faoliyatiga bag‘ishlangan «Menimcha» loyihasining navbatdagi soni namoyish etildi.
Ko‘rsatuvda 11 fevral kuni prezident raisligida yo‘llarda inson xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan lavha ko‘rsatildi. Selektorda prezident O‘zbekistonda yo‘l harakati xavfsizligi masalasi izdan chiqib ketganini ta’kidladi.
“Ochiq gap, hammamiz buni tashlab qo‘ygandik. Shu ahvolga kelib turibmiz hozir. Bu fojia, bu izdan chiqib ketgan soha. Har bir masalaning rejasi bor-ku. Ammo prezident aytmaguncha, tashabbus yo‘q. Menga kun emas, soat yetmayapti masalalarning ichiga kirishga”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident o‘lim bilan bog‘liq avariya o‘choqlari bo‘lgan hududlarni sanadi, ammo mas’ullar buni bila turib na bir taklif, na tashabbus berganini aytdi. “O‘ng qulog‘i bilan ham, chap qulog‘i bilan ham bugungi topshiriqlarni eshitish va bajarish shart” dedi hamda ko‘pchilikka sinov muddatini belgiladi, ayrimlar shu kunning o‘zidayoq ishdan olindi.
Jumladan, Namangan viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Odil Otaxo‘jayev, Samarqand viloyati IIB YHXB boshlig‘i, polkovnik Farhod Shayzoqov hamda Andijon viloyati IIB YHXB boshlig‘i, podpolkovnik Saidolim Zingirovlar lavozimidan ozod qilindi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi