775
IIV rahbari o‘rinbosari YHX muammolarini ko‘rsatgani uchun prezidentga minnatdorlik bildirdi
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida Shavkat Mirziyoyevga yo‘l harakati xavfsizligi sohasini isloh qilishga doir ko‘rsatmalari uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uning qayd etishicha, prezident raisligidagi yo‘l harakati xavfsizligiga bag‘ishlangan videoselektor «nihoyatda tanqidiy ruhda» o‘tgan.
«Men, avvalambor, barcha ichki ishlar xodimlari nomidan hurmatli prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Chunki ko‘p yillardan beri ichki ishlar tizimida, ayniqsa, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgandi. Mana shu muammolarning yechimini, ularning sabablari va bartaraf etish chora-tadbirlarini bandma-band, bosqichma-bosqich belgilab berdilar» — degan u.
Bekmurod Abdullayevning ta’kidlashicha, prezident avtomaktablardagi ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratgan. Ularning «talabga umuman javob bermasligi» to‘g‘risida qattiq tanqidiy fikrlar bildirgan.
«Bu borada prezidentimiz barcha mavjud maktablarni inventarizatsiya qilish, ularning infratuzilmasini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasining qarorini ishlab chiqqan holda, ularga bo‘lgan talablarni jahon standartlariga mos ravishda to‘ldirish va talabga javob beradigan avtomaktablarnigina ta’lim tizimida qoldirish topshirig‘ini berdi», — degan u.
Bekmurod Abdullayev, shuningdek, haydovchilik maktablarida o‘qitish metodikasi va davomiyligini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.
«Agar ilgari haydovchilik guvohnomasini olish bo‘yicha darslar ikki-uch yil yoki kamida olti oy davom etgan bo‘lsa, hozirgi kunda bu muddat uch oy — 277 soatdangina iborat. Prezident buni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan davlatlar tajribasini o‘rganib chiqqan holda, mutlaqo yangi ta’lim tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi», — degan vazir o‘rinbosari.
Bundan tashqari, prezident Toshkent shahrida avtomobillar maksimal tezligini 70 kilometr/soat dan 60 kilometr/soatgacha tushiriladi. Mamlakatdagi barcha maktab va bolalar bog‘chalari yaqinidagi tezlik 30 kilometr/soat qilib belgilanib, qoida 300 metr masofada amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni Toshkentda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha Toshkent imtihon markazi ish boshlagan. Bekmurod Abdullayev faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarda haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayishini aytib o‘tgandi. «Endi puli yoki tanish-bilishi borlar emas, faqat bilimi borlargina rulga o‘tiradi. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz», — degan u.
Shuningdek, u hukumat yangi imtihon markazlari bo‘yicha har qanaqa asosli e’tiroz va tanqidlar bo‘lsa, buni to‘g‘ri qabul qilishini hamda fuqarolarga, jurnalist va blogerlarga doim ochiq ekanini ma’lum qilgan. «Ammo sizlardan iltimos, asossiz, shunchaki eski korrupsion tizimni xohlab ko‘r-ko‘rona qilinadigan tanqidlarga og‘ir-bosiqlik va xolislik bilan munosabat bildirsangiz xursand bo‘lar edik. Bir narsani unutmaylik, bu islohotlarning barchasi faqat va faqat xalqimiz, inson qadri, fuqarolarimiz hayoti va salomatligi uchun», — deya qayd etgan vazir o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi