Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida chora ko‘rmaslik va mashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga YPX inspektoriga 7 million so‘m pora berishga uringan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 10 fevral kuni Termiz shahar Ibn Sino ko‘chasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori Tiko harakati shubha tug‘dirgani sababli uni to‘xtatgan va haydovchisi B.Z bilan suhbatlashish jarayonida uning spirtli ichimlik hidi kelib turganini sezgan. Alkotester orqali tekshirib ko‘rganida haydovchining haqiqatdan ham mast ekanini aniqlagan va haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, Tiko‘ni vaqtinchalik saqlash jarima maydoniga joylashtirgan.
Shundan so‘ng fuqaro B.Z YPX inspektorining xizmat olib borayotgan joyga borib, unga nisbatan chora ko‘rmasdan avtomashinani jarima maydonidan chiqarib berishini iltimos qilgan. Evaziga 7 million so‘m pora taklif qilgan. Inspektor bu taklifi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘lishini, jinoyatga boshlamasligini aytib tushuntirishiga qaramay haydovchi unga pora taklif qilishda davom etgan.
Shundan so‘ng YPX inspektori B.Z ga nisbatan chora ko‘rishni so‘rab Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari ushbu bildirgiga asosan 11 fevral kuni soat 20:00 larda Surxondaryo viloyati IJQK departamenti Termiz shahar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B.Z Termiz shahar «Baynalmilal» mahallasida joylashgan jarima maydoni yonida inspektorga 7 million so‘mni pora tariqasida berayotganida ushlangan.
Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi