15:10 / 14.02.2022
1 291

Maktab internati direktori «kursi»si 13 000 dollarga baholandi

Maktab internati direktori «kursi»si 13 000 dollarga baholandi
Fuqaroni maktab internati direktori lavozimiga tayinlamoqchi bo‘lgan o‘rinbosar va uning sherigi kadrlar bo‘limi boshlig‘i ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Surxondaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Sho‘rchi tumanidagi Ko‘zi ojizlar va zaif ko‘ruvchi bolalarga ixtisoslashtirilgan maktab internati direktorining o‘rinbosari U.Ya. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, uni 13 000 AQSH dollari evaziga Xalq ta’limi boshqarmasida ishlovchi tanishi orqali o‘zi ishlaydigan internatga direktor lavozimiga tayinlatib berishni va’da qilib, shundan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Surxondaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i B.E. 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktab internati direktori «kursi»si 13 000 dollarga baholandi