
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
Andijon viloyati Marhamat tumanida o‘qituvchilarni ota-onalardan uzr so‘rashga majbur qilgan mas’ullar jazolandi. Bu haqda XTV Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Marhamat tumanidagi o‘qituvchilarning ota-onalar oldida uzr so‘rashga majbur qilingani bo‘yicha holatni o‘rganish hamda o‘qituvchilar bilan uchrashish maqsadida Xalq ta’limi vaziri Andijon viloyatiga bordi.
O‘qituvchilar bilan o‘tkazilgan bevosita suhbat natijalariga ko‘ra, 72-IDUM direktori hamda Marhamat tumani xalq ta’limi bo‘limi mudirini vazifasidan ozod etish bo‘yicha xulosaga kelindi.
Avvalroq tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimidan ozod qilib, tuman hokimiga «Hayfsan» intizomiy jazosini belgilagani xabar qilingandi.
O‘zbekistonAndijon viloyatiMarhamat tumaniXalq ta’limiO‘qituvchilarVazir AndijonIntizomiy jazolar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar