
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Kogon bank xizmatlari markazining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda markazning sobiq mutaxassisi M.K. yaqin qarindoshi M. bilan o‘zaro til biriktirib, «M.M.» MCHJga berilgan kredit evaziga garovga qo‘yilgan 789,4 mln so‘mlik mulklarni soxta hujjatlar tayyorlash orqali taqiqdan yechishga erishib, sotib yuborganligi, shuningdek, bank xodimlari MCHJga ajratilgan kredit mablag‘ini qaytarish choralarini ko‘rmaganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Buxoro ViloyatiKogon BankTergov DasturiMCHJ KreditJinoyat KodeksiSoxta Hujjatlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar