
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida spirtli ichimlik ichib, o‘z tanishini o‘ldirgan shaxs 15 yilga qamaldi. Bu haqda «Yoshlar» telekanali orqali ma’lum qilindi.
1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 1971 yilda tug‘ilgan sherigi bilan qurilish ishlari ketayotgan hududdagi ishlarini tugatib, 100 000 so‘m maosh olishgan. Ishlab topilgan pullarga spirtli ichimlik sotib olib, birgalikda iste’mol qilishadi.
Shundan so‘ng ular kvartiraga qaytishadi. Orada pul masalasida tortishuv chiqadi. Ammo sudlanuvchi barcha pullarni spirtli ichimlikka sarflaganini aytadi. Shunda janjal kuchayadi.
«Ikkinchi marta janjal boshlanganida u birinchi bo‘lib pichoq olgan, keyin men ham o‘zimni himoya qilish uchun pichoq olganman. O‘sha payti o‘zimni bilmasdim, ekspert kelib ko‘rsatdi. 39 marta jarohat yetkazgan ekanman»,— deya ta’kidlaydi sudlanuvchi.
Ta’kidlanishicha, u qilgan ishi jinoyat ekanligini bilgan holda IIOga qo‘ng‘iroq qiladi, marhum olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Sudlanuvchiga JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi, 168 modda 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga nisbatan JKning 59-moddasi qo‘llanilib 15 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
PoytaxtMirzo Ulug‘bek TumanSpirtli IchimlikJanjalJinoyatSudlanuvchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar