Foto: Toshkent shahar IIBB YHBB axborot xizmati
Ichki ishlar vazirligi 2021 yil uchun yo‘l-transport hodisalari qurbonlari soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili O‘zbekistonda 2 426 kishi yo‘l-transport hodisalari qurboni bo‘lgan, bu kuniga o‘rtacha 6 nafarni tashkil etadi. 1 150 holatda haydovchilar piyodalar o‘tish joyida odamlarni urib yuborgan. Yo‘l-transport hodisalarini asosan hali 30 yoshga to‘lmaganlar sodir etgan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yil davomida O‘zbekistonda 10 001 ta yo‘l-transport hodisasi rasman qayd etilgan, 2 426 kishi halok bo‘lgan, 9 230 kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p baxtsiz hodisalar Farg‘ona viloyatida – 1 469 ta, Toshkent viloyatida – 1 336 ta va Samarqandda qayd etilgan – 1 129 ta. Undan keyin Namangan viloyatida – 1 082 ta, Toshkent shahrida - 1 073 ta, Andijon viloyatida – 848 ta, Qashqadaryo viloyatida 552 ta, Qoraqalpog‘iston - 506, Buxoro viloyati - 436, Surxondaryo viloyati - 376, Xorazm viloyati - 342, Navoiy viloyati - 329, Jizzax viloyati - 321 va Sirdaryo viloyatida kuzatilgan - 202 ta.
Yo‘l-transport hodisalarining asosiy sabablari belgilangan tezlik me’yoriga rioya qilmaslik – 2 010 ta (20,1 foiz), yo‘llar nosozligi – 2 009 ta (20,1 foiz), shuningdek, piyodalarning yo‘llarni belgilanmagan joylardan kesib o‘tishiga aloqador – 1 380 ta (13,8 foiz).
YTHlarning salmoqli qismida piyodalar ishtirok etgan - 4 698 nafar, shundan 1 621 nafari bolalardir. Velosipedchilar ishtirokida - 1 075 ta, motosiklchilar ishtirokida 84 ta YTH ro‘y bergan.
Yo‘l-transport hodisalarining 2 008 tasini 25 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar, 2 057 tasini esa 30 yoshgacha bo‘lgan haydovchilar sodir etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi