2022 yilning yanvar oyida o‘zbekistonliklar 613,5 mln dollarlik chet el valyutasini banklardan xarid qilgan. Bu Markaziy bank statistikasidan ma’lum bo‘ldi.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning xuddi shu oyidan 61 foizga ko‘proq bo‘ldi — o‘shanda u 381,9 mln dollarni tashkil qilgan edi.
Aholi tomonidan sotilgan chet el valyutalari bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan bor-yo‘g‘i 11 foizga oshib, 464,2 mln dollarni tashkil qildi.
Hozirgi holat O‘zbekiston valyuta bozori uchun g‘ayrioddiy — odatda yil boshida aholi dollar sotib olmaydi, balki sotadi – 2020 va 2021 yillarda ham shunday bo‘lgan edi. Ushbu holat mavsumiylik bilan izohlanadi — fevralda qishloq xo‘jaligi va boshqa faoliyat turlari faollashgani bois yirik xarajatlar boshlanadi.
Bundan tashqari, joriy yilning yanvar oyidagi ko‘rsatkichlar 2021 yildagi oylarga nisbatan balandroq bo‘ldi (o‘tgan yil aholi tomonidan eng ko‘p — 553 mln dollar chet el valyutasi xarid qilingan davr dekabr oyiga to‘g‘ri kelmoqda). “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi