date
views 797

Zarar bir kunda undirildi

Zarar bir kunda undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 13.01.2022 yildagi qaroriga asosan qarzdor S.B.dan undiruvchi O.I. foydasiga 32.935.000 so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 14.02.2022 yil kuni kelib tushgan va ushbu kuni ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Ijro hujjati qo‘zg‘atilishi bilan qarzdorga SMS orqali habar yuborilib, u bilan bilan bog‘lanib, unga qonun talablari tushuntirilib ixtiyoriy muddat berilgach, qarzdor B.Sodiqov o‘z majburiyatini bajarib, shu kuning o‘zida, ya’ni 14.02.2022 yil kuni undiruvchi I.O.ga 32.935.000 so‘m qarz pulini to‘ladi va ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarar bir kunda undirildi