23:08 / 17.02.2022
997

Toshkentda 900 dollarga «prava»ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Toshkentda 900 dollarga «prava»ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri va Xorazm viloyatida qisqa muddatlarda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro N.ga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali qisqa muddatda o‘qishga bormasdan haydovchilik guvohnomasini 900 dollar evaziga imtihonsiz olib berishga ishontirib, shundan 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.A. fuqaro K.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali viloyat YHXBda haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 900 dollarga «prava»ni imtihonsiz olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi