Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorligida Oqdaryo tumanida noqonuniy yer savdosiga chek qo‘yishga qaratilgan tadbir o‘tkazilgan.
Mazkur tumanda yashovchi “Oqdaryo Mashrabbek” fermer xo‘jaligi rahbari 1955 yilda tug‘ilgan M.A xo‘jalik hisobidagi 4,8 gektar yerni 45 ming AQSH dollari evaziga mahalliy xaridorga sotishni va keyinchalik hokimiyat idoralaridagi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni rejalashtirgani ma’lum bo‘lgan.
Joriy yil 16 fevral kuni o‘tkazilgan tadbirda, fermer xo‘jaligi rahbari mahalliy fuqarodan talab qilingan puldan 25 ming dollarni olayotganda jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, hozirda fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Sirdaryoda YTH sodir etgan haydovchidan pul olgan YPX xodimi qamaldi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?