
Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatida Damas avtomashinasi transport vositalarining oqimiga qarama-qarshi harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, video yuzasidan viloyat IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan. Qoidalarni qo‘pol tarzda chetlab o‘tgan Damas haydovchisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) tartibida bayonnoma rasmiylashtirilgan.
«Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini, yo‘llarda o‘zi va atrofdagilar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘raymiz», — deyiladi xabarda.
SamarqandDamasYo‘l HarakatiIjtimoiy TarmoqlarTransport VositalariMa’muriy Javobgarlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar