21:48 / 19.02.2022
2 144

Shavkat Mirziyoyev: «Agar tashqi qarz bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmasdi»

Shavkat Mirziyoyev: «Agar tashqi qarz bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmasdi»
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston nega tashqi qarz moliyaviy instrumentidan ko‘p foydalanayotganiga izoh berdi. Bu «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish etildi.

Davlat rahbari Yangihayot tumaniga tashrifi chog‘ida faollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident uchrashuv davomida tashqi qarz haqida gapirdi.

«Avvalambor bizning hamma qarzimiz qonun nuqtai nazaridan… Agar bu bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmas edi. Tibbiyot xodimlari yoki muallimlarning oyliklari oshmas edi. O‘tiraverar edik, avvalgidek qarsak chalib, balandparvoz gap gapirib. Bu esa menga yoqmaydi», — dedi prezident.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev rahbarlarga «ertalab vaqtliroq uyg‘onish kerakligini» aytgan. «Men hokimga necha marta aytaman 6:00 da uyg‘on deb. Hozir 6:00 da emas, 5:30 da yorug‘ bo‘lib ketyapti», — dedi prezident.

Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev davlat rahbarining so‘zlarni tasdiqlab, vaqtli uyg‘onayotganini aytdi.
«Insof bergani rost bo‘lsin senga ham», — deya qo‘shimcha qildi prezident.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga prezident boradigan joylarni alohida tayyorlashga urinmasliklarini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Agar tashqi qarz bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmasdi»