
Samarqand viloyati Ishtihon tumanida soxta Ichki ishlar xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Ichki ishlar organining maxsus kiyim-boshlarini Ishtixon tumanida kiyib yurgani aniqlangan.
«Kiyimni F. ismli qizga o‘zimni yaxshi ko‘rsatish uchun 100 ming so‘mga kiyim-kechak bozoridagi tikuvchidan oldim. Fevral oyida Samarqand viloyati Ishtixon tumaniga borib, F. ismli qizni izlashga tushdim, kollejda o‘qiyman degandi.
Shu payt bir IIB xodimi meni qayerda ishlaysan, deb so‘roq qildi. Guvohnomamni ko‘rsatishimni so‘ragandi, qochib ketdim. U meni ushlab, IIB idorasiga olib keldim. Fuqarolarga aytamanki, bu kiyimni kiymang. Qilgan ishimdan chin dildan pushaymonman», — deydi u.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand ViloyatiIshtihon TumaniIchki IshlarSoxta XodimKiyim-kechakTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar