22:30 / 20.02.2022
1 022

Buxoroda «temir daftar»ga kiritish uchun 400 ming so‘m pora olgan mahalla raisi ushlandi

Buxoroda «temir daftar»ga kiritish uchun 400 ming so‘m pora olgan mahalla raisi ushlandi
Foto: O‘zA
Buxoro viloyati Jondor tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi 400 ming so‘m bilan fuqaroni «temir daftar»ga kiritib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari hamkorligida tadbir o‘tkazilgan. Unda Jondor tumanidagi mahallalarning birida rais lavozimida ishlovchi fuqaro A.A. (1977 yilda tug‘ilgan) egallab turgan xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro N.Sh.ni aldab, uning ishonchini suiiste’mol qilgan.

U vakolatli tanishlari orqali uni «temir daftar» ga ro‘yxatga kiritish evaziga 400 ming so‘m pora so‘ragan. U 14 fevral kuni soat taxminan 16:35 larda Jondor tumanidagi o‘zi raislik qiluvchi mahalla binosida fuqaro N.Sh.dan kimyoviy ishlov berilgan 400 ming so‘m pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan fuqaro A.A.ga Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 28, 211-modda (pora berish) 1-qismi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda «temir daftar»ga kiritish uchun 400 ming so‘m pora olgan mahalla raisi ushlandi