Xorazm viloyatida haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 14 yoshli bola reydga tushdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, yo‘l-patrul xizmati xodimlari reyd tadbirlari davomida davlat raqamisiz Malibu avtomobilini to‘xtatgan. Rul o‘rindig‘ida o‘tirgan bola o‘zini 2004 yilda tug‘ilganini aytgan. YPX xodimlari undan haydovchilik guvohnomasini so‘raganda «Guvohnomam bor, faqat uyda turibdi», deb javob bergan.
Fuqaroning shaxsi aniqlangan u aslida 2008 yilda tug‘ilgani, maktab o‘quvchisi ekani ma’lum bo‘lgan.
O‘g‘lining oldida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ota bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. Belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga qo‘yilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi