Buxoro viloyatining Buxoro shahrida o‘zini yetti qavatli uy tomidan pastga tashlashga uringan 16 yoshli qiz qutqarildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi.
Ko‘p qavatli uyning yettinchi qavatidan o‘zini tashlab, joniga qasd qilishga uringan qiz IIB profilaktika inspektori tomonidan ushlab qolingan.
«Bugun, 22 fevral kuni soat 11:29 da menga qo‘ng‘iroq qilishib, bir qiz o‘zini ‘dom'ning yettinchi qavatidan pastga tashlashga urinayotganini aytishdi. Aytilgan manzil xizmat xonamdan, chamasi, 700 metrcha uzoqlikda joylashgandi. Tezda xizmat mashinamga o‘tirib, uch daqiqada manzilga yetib bordik. Tomga chiqqanimizda qiz devor ustiga chiqib, yomg‘ir suvlari oqib tushishiga mo‘ljallangan metall qoplamalar ustiga chiqa boshladi. Uni gap bilan chalg‘itdik va ushlab qoldik», — deydi hudud profilaktika inspektori Jahongir Haydarov.
Profilaktika inspektori bilan tom ustida suhbat qilgan o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik sabab bo‘lganini bildirgan. Keyinchalik qizning Buxoro shahridagi 8-sonli umumta’lim maktabida tahsil olishi, shahardagi ziyoli oila farzandi ekani, joniga qasd qilish uchun arzirli sabab yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi