Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tadbir o‘tkazildi.
Unda 47 yoshli Yu.I. Uchqo‘rg‘on tumani Ko‘prikboshi ko‘chasida joylashgan «Tungi yog‘du» oshxonasining yerto‘lasini tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar o‘tkazish maqsadida qimor o‘yinlari uchun stol-stullar, karton qog‘oz yordamida o‘yin kartalari, temir va yog‘ochdan «o‘yin baraban» idishi, latta materialdan o‘yin qopchasi bilan jihozlab, oq va qora rangli sharchalarni 1 dan 90 gacha tartib bilan raqamlagan holda, o‘yin kartalarini fuqarolarga 5.000 so‘mdan sotib, «Baxtli voqea» qimor o‘yinlarini qonunga xilof ravishda tashkil etganligi aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yu.I. tomonidan noqonuniy tashkil etilgan tavakkalchilikka asoslangan «Baxtli voqea» qimor o‘yinida 15 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etayotganliklari, shuningdek o‘yinga tikilgan 673.000 so‘m pul mablag‘lari, yuqorida sanab o‘tilgan jihozlar aniqlanib, tegishli tartibda protsessual rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Yu.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi