Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida Orol dengizining qurigan joyiga borib, vaziyatni ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston xalqi hayoti, umuman, katta mintaqadagi ekologiya shu muammoga bog‘liq. Bir paytlar dengiz va unga tutash daryolar, yaylovlar odamlarga rizq ulashgan, ish, daromad manbai bo‘lgan. Lekin tabiat qonunlariga aralashish, Amudaryo va Sirdaryo suvini to‘sish dunyodagi og‘ir ekologik halokatlardan birini yuzaga keltirdi. Mintaqamizda cho‘llanish va sho‘rlanish darajasi keskin ortgan. O‘simlik va yovvoyi hayvonlar turi kamayib ketgan.
Davlatimiz rahbari bu bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi sessiyalarida gapirdi, xalqaro sammitlarda muhim takliflarni ilgari surgan. Shuningdek, imkoniyatlarga tayanib, amaliy ishlar ham olib borilmoqda.
Xususan, Orol dengizining qurigan tubidan millionlab tonna chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, katta hududga tarqalgan. Shavkat Mirziyoyev 2018 yili Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida olimlar bilan maslahatlashib, u yerda sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish vazifasini belgilagan.
Davlatimiz rahbariga shu borada qilingan ishlar haqida axborot berilgan.
O‘tgan yillarda dengizning suv qurigan qismida 1 million 524 ming gektar to‘qayzor barpo etilgan. Buning uchun saksovul, qorabo‘roq, qandim, cherkez kabi cho‘l o‘simliklaridan qariyb 6 ming tonna urug‘ tayyorlanib, qiyin sharoitlarda ekilgan. Bu ishlarda 4 mingdan ziyod ishchi qatnashib, 1 ming 600 dona texnika, samolyotlar jalb etilgan.
Bu xayrli, dolzarb harakat davom ettirilmoqda. Joriy yilda 100 ming gektar maydonda «yashil qoplama» barpo qilish rejalashtirilgan. Bugungi kunda shundan 26 ming gektarida ish boshlangan, 562 tonna urug‘lar tayyorlangan. Shuningdek, 100 gektar maydonda ko‘chatxona tashkil qilinmoqda.
Prezident bu yerda ekologlar va o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari bilan suhbatlashdi.
«Biz shu murakkab sharoitda ekish bo‘yicha katta tajriba orttirdik. Bu yerga o‘zim kelishimdan maqsad - endi bu ishlarni ilmiy asoslangan tarzda davom ettiramiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ilmiy izlanishlar qilib, hudud tuprog‘iga mos navlar yaratish, keyingi bosqichda chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Orolbo‘yining flora va faunasini yaxshilash bo‘yicha 5 yillik milliy dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi