00:00 / 26.02.2022
976

O‘zbekistonda bank kartasidan pul undiruvchi firibgarlar keskin ko‘paydi

O‘zbekistonda bank kartasidan pul undiruvchi firibgarlar keskin ko‘paydi
Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning 24 fevral kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV Kiberxavfsizlik markazi rahbari Behzod Mamajonov 2021 yil oxirida bank kartalari bo‘yicha firibgarlik holatlari keskin ko‘payganini ma’lum qildi.

Mamajonovning so‘zlariga ko‘ra, 2021 yilda kartalar bilan firibgarlik 8,3 foizga oshgan. Oktabr-noyabr oylarida boshqarma tomonidan 400 ga yaqin jinoyat fosh etilib, shundan uch milliard so‘mni o‘zlashtirgan 100 nafar jinoyatchi qo‘lga olindi.

Markaz rahbari kelgusida bunday holatlar ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytdi. Endilikda firibgarlar turli ma’lumotlarni olish uchun fuqarolarning ovozi va tashqi qiyofasini soxtalashtirishni o‘rgandilar.

Qayd etilishicha, jinoyatlarning aksariyati yoshlar tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiyalaridan faol foydalanish natijasida sodir bo‘lmoqda.

«Hech shubha yo‘qki, bugungi dunyoda o‘smirlar uchun kibermakondan foydalanish imkoniyatlari ko‘p. Afsuski, ular uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining mavjudligi ko‘plab xavf-xatarlar bilan bog‘liq», — dedi Behzod Mamajonov.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, o‘smirlarning Internetga kirish imkoniyati yoshlarga nisbatan zo‘ravonlikning turli shakllari, jumladan, jinsiy zo‘ravonlik va ekspluatatsiya xavfini ham oshiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bank kartasidan pul undiruvchi firibgarlar keskin ko‘paydi