24 fevraldan buyon Rossiya va Ukraina o‘rtasida urush ketmoqda. Harbiy harakatlar olib borilayotgan joylardan ko‘plab davlatlar o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga kirishgan. Jumladan, O‘zbekiston ham.
28 fevral kuni soat 23:00da Ukrainadan Polshaga evakuatsiya qilingan 251 nafar o‘zbekistonlik Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. «Daryo» muxbiri aeroportda bo‘lib, Ukrainadan kelgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Ukrainadan kelgan o‘zbekistonlik Egamberdi Temurov portlashlarga guvoh bo‘lganini, ko‘zi oldida minglab insonlar vafot etganini aytib berdi.
Foto: «Daryo»
«Ko‘zimning oldida 2 ming askar halok bo‘ldi. Ularni ko‘rib yig‘ladim. Hammasi dahshatli edi. Qattiq qo‘rqdim. Kiyevda haydovchilik qilayotgandim. Mashinamdan 500 metr uzoqlikdagi harbiy bo‘linma birdaniga portlab ketdi. Agar o‘sha yerda bo‘lsam, men ham tirik qolmasdim. O‘zbekistonga kelganimdan xursandman. Ukraina va Polshadagi elchixonalarimiz bizga beminnat xizmat qilishdi. Hammalaridan minnatdormiz», — dedi u.
Yana bir yo‘lovchi Sherzod Boynazarov ham urushga guvoh bo‘lganini ta’kidladi.
Foto: «Daryo»
«Kiyevda bizdan 15 kilometr uzoqlikda bomba portladi. Qattiq qo‘rqdik, hayajon bosdi. Urush bo‘ldi, otishma bo‘ldi. O‘lganlarni ham ko‘rdim. 5 kun uxlamadik, juda holdan toyganmiz», — deydi Ukrainadagi voqealar guvohi.
Polsha orqali O‘zbekistonga kelgan Bahrom Jabborov chegaradagi qiyinchilik haqida gapirdi.
Foto: «Daryo»
«Chegarada juda qiynaldik. 2 sutkalar uxlamadik. Biz Polshaga qarab yo‘lga chiqqanimizdan 1 sutka o‘tib, Kiyevda qolib ketgan boshqa sheriklarimiz bilan telefon orqali bog‘landik. Ular shahardan chiqa olishmabdi. ‘Ruslar qamal qilib olishdi’, deyishdi», – dedi u.
Avvalroq, 27 fevral kuni Ukrainadagi O‘zbekiston fuqarolarining 600 dan ziyodi Polsha chegarasiga yetkazilgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina hududida 4300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi borligini ma’lum qilgandi.
O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi xabariga ko‘ra, 26 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da 90 dan ziyod O‘zbekiston fuqarolaridan iborat birinchi evakuatsiya guruhi Lvovdan «Krakoves» nazorat-o‘tkazish punkti yo‘nalishi bo‘ylab yo‘lga chiqqan.
Keyinroq elchixona mamlakatdagi o‘zbekistonlik fuqarolarni evakuatsiya qilish ishlari haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi. Unda aytilishicha, chegarani kesib o‘tish uzoq vaqt oladi, birinchi guruh uchun bu jarayon 14 soat davom etgan.
Elchixona, shuningdek, mamlakatni tark etish uchun Moldovaga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi. Elchixona xavfsizlik tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolar uchun Moldovaga borish osonroq bo‘lsa, ushbu variantni ko‘rib chiqishlari lozim ekanini bildirgan.
Ukraina1, O‘zbekiston fuqarolari1, Polsha1, Evakuatsiya1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi