09:07 / 01.03.2022
945

O‘zbekistonda qancha xodim emlanmagani uchun ishdan chetlatilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda qancha xodim emlanmagani uchun ishdan chetlatilgani ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2021 yilining avgust oyidan buyon koronavirusga qarishi emlanishni rad etgan 45 ming 600 nafar xodim ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. Bu haqda 23 fevral kuni bo‘lib o‘tgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda «Daryo».

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning avgust oyida Mehnat kodeksining 113-moddasiga qo‘shimcha kiritilgan edi. Unga ko‘ra, xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekani belgilangan.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyevning aytishicha, 28 ming 500 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektda va 44 ming 600 ta budjet tashkilotlarida o‘rganish-reyd tadbirlari o‘tkazilgan.

«Xodimlarning emlanganlik holatini o‘rganish tekshiruvlarida davomida jami 89 ming 400 nafar vaksina olmagan shaxs aniqlangan. Shundan 45 ming 600 nafar shaxs ishdan vaqtinchalik chetlatilgan. 4 ming 600 ta holatda ish beruvchiga nisbatan jarima chorasi, 246 ta ob’ektga nisbatan faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish chorasi qo‘llanilgan», – dedi xizmat boshlig‘i.

Yig‘ilishda 1 martidan boshlab ish beruvchilarga ishchi-xizmatchilarning koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanganlik darajasini yanada oshirish topshirig‘i berilgan.

«Buster doza bilan emlanish darajasini 90 foizdan oshirish vazifasi qo‘yildi. Buning uchun davlat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va boshqa tashkilotlarning xodimlarini koronavirus infeksiyasiga qarshi, shu jumladan, buster dozasi bilan emlanmaganligi aniqlanganda ularni vaqtinchalik ishdan chetlashtirishi lozim. Xodim koronavirus infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlanishni rad etganda ish beruvchi uni ishdan chetlashtirilishini Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan qat’iy nazoratga olinishi kerak», — dedi Bahodir Yusupaliyev.

Mazkur yig‘ilishda 1 martdan boshlab fuqarolarning ochiq havoda niqob taqmasligiga ruxsat berilgandi. Shuningdek, O‘zbekiston zaxirasida qancha vaksina saqlanayotgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qancha xodim emlanmagani uchun ishdan chetlatilgani ma’lum qilindi